Xorazm Ma’mun akademiyasining Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’limi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) B.P.Sadullayevning “CHap qirg’oq Kat-qal’a – Xorazmning qadimgi va o’rta asrlar shahri” nomli monografiysi nashrdan chiqdi.
Ushbu monografiya Xorazm viloyati SHovot tumanida joylashgan Chap qirg’oq Kat-qal’a tarixiga oid yozma manbalar, etnografik izlanishlar va yodgorlikda olib borilgan qazishmalar materiallarini to’liq qamrab oluvchi birinchi nashr hisoblanib, mil.av. VI-V asrlardan to XX asr boshlarigacha bo’lgan davrlarda shaharning Xorazm tarixida tutgan o’rni, taraqqiyot bosqichlari va tarixiy topografiyasi yoritib berilgan. Yodgorlik tarixi misolida Xorazmning qadimgi va o’rta asrlardagi shaharsozlik madaniyati masalalari tadqiq qilinadi.
Mazkur monografiya arxeologlar, tarixchilar, oliy o’quv yurtlari talabalari va doktorantlari hamda yurtimiz tarixiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.