Xorazm Ma'mun akademiyasi

Asosiy vazifalar

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 apreldagi “Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi №-211 son qaroriga muvofiq Xorazm Ma’mun akademiyasining asosiy ilmiy va tashkiliy vazifalari quyidagilar qilib belgilandi: 

  • Xorazmning qadimiy tarixini uzviy izchillikda o’rganish, betakror tsivilizatsiyasi va madaniyatini, boy ilmiy salohiyatining jahon fani va madaniyati taraqqiyotidagi o’rni masalalarini tadqiq etish;
  • Xorazm vohasida joylashgan arxeologik yodgorliklarni o’rganish bo’yicha doimiy arxeologik ekspeditsiyalar olib borish, etnologik tadqiqotlar va manbashunoslik ishlarini tizimli ravishda tashkil etish va ularning natijalarini jahon ilmiy jamoatchiligi oldida keng targ’ib qilish;
  • Xorazm vohasi me’moriy yodgorliklarini biologik, fizik va turli salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
  • vohaning ekologik holati bo’yicha muntazam ilmiy kuzatishlar olib borish, mavjud yer-suv va biologik resurslaridan oqilona foydalanish, Xorazm vohasining tuproq-iqlim sharoitiga mos bo’lgan qishloq xo’jaligi o’simliklarini iqlimlashtirish orqali sho’rlanish va cho’llanishning oldini olish masalalarini tadqiq etish, mavjud eksperimental baza asosida qishloq xo’jaligi va baliqchilik sohalarida innovatsion ishlanmalar yaratish;
  • Xorazmning tarixiy an’analari hamda mavjud ilmiy salohiyatdan foydalangan holda matematika fani sohasida fundamental ilmiy izlanishlar olib borish;
  • mahalliy mineral (konchilik kimyo sanoati va noruda) resurslarni qayta ishlashning ilmiy asoslarini yaratish va ishlab chiqarishga keng joriy etish.