Хорезмская академия Маъмуна

Navbatdagi ilmiy serminar bo'lib o'tdi

31-10-2023     Новости

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.02/30.07.2022.B.149.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning navbatdagi yig’ilishi Xorazm Ma’mun akademiyasi majlislar zalida bo’lib o’tdi. Ushbu seminarda Urganch Davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi Bekchanova Madina Kaxramonovna Biologiya fanlari doktori, professor I.I.Abdullayev rahbarligida “Shimoliy-G’arbiy O’zbekiston agratsenozlari yomg’ir chuvalchanglarining (Opsthopora: Lumbricidae) tur tarkibi, tarqalishi va bioekologik xususiyatlari” mavzusidagi 03.00.06 – Zoologiya ixtisosligidan biologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining muhokamasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Muhokama jarayoni ushbu ilmiy kengash a’zolari hamda Urganch davlat universiteti professor o’qituvchilari va Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy hodimlari ishtirok etishdi. Muhokamada soha mutaxassislari tomonidan Bekchanova Madinaning tadqiqot ishi boʼyicha fikr-mulohazalar bildirildi. Muhokama davomida ilmiy ishning yutuq va kamchiliklari koʼrsatib oʼtildi. Umuman olganda Bekchanova Madinaning ilmiy ishi OАK talablariga toʼliq javob berishi mutaxassislar tomonidan taʼkidlandi va keyingi bosqichga tavsiya etildi.