Fransiyaning Grenobl universiteti, Xorazm Ma’mun akademiyasi hamda Madaniy meros agentligi hamkorligida seminar trening tashkil etildi. Seminar trening Xorazm Ma’mun akademiyasining Kat-qal’a arxeologik ekspedisiyasi doirasida Xorazm viloyati Shovot tumanidagi Kat-qal’a yodgorligida YeTTBning Xorazmdagi Integrallashgan Madaniy Meros Dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Seminar trening Fransiyaning Grenobl universiteti Loy arxitekturasi xalkaro markazi (CRAterre) ilmiy hodimi Chamsia Sadozai boshchiligida ”Loy arxitekturasining zamonaviy usullari” mavzusida tashkil qilindi. Seminar trening 21-mayga qadar davom etishi rejalashtirilgan.