Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xorazm Ma’mun akademiyasi Axborot resurs markazi

03-07-2017     Axborot-resurs markazi

Xorazm Ma’mun akademiyasi Axborot resurs markazi fondida 20000 ga yaqin kitob mavjud. Kutubxonadan keng tarmoqda foydalanish maqsadida 2006 yilda zamonaviy axborot resurs markazi tashkil etilgan. ARMda barcha kompyuterlar intrenet tarmog’iga ulangan. ARM dan viloyatning barcha ziyolilari foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan. Urganch davlat universiteti talabalari bemalol foydalanishlari uchun bilan qo’shma buyruq chiqarilgan. Xorazm Ma’mun akademiyasi ARM yangi adabiyotlar bilan to’ldirilmoqda va markazdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda.

ARMda Nodir kitoblar fondi tashkil etilgan bo’lib, unda 200 dan ortiq qo’lyozma, toshbosma va kamyob bosma kitoblar saqlanadi. Xalqimiz qo’lidagi nodir qo’lyozma va toshbosma asarlarni sotib olish bo’yicha maxsus komissiya doimiy faoliyat yuritmoqda. 2017-yilda fondga 8 ta nodir qo`lyozma va toshbosma kitoblar sovg’a qilindi.

Nodir kitoblar fondidagi kitoblarni saqlash, ta’mirlash, qayta tiklash, nusxa olish ishlari amalga oshirilmoqda. Fondning elektron katologi tuzildi.

Nodir kitoblar fondidan manbashunos, tarixchi ilmiy xodimlar va magistrantlar samarali foydalanmoqdalar. FA-I8-G004 granti ilmiy xodimlari “Xorazm Ma’mun akademiyasining nodir qo’lyozmalari” katologini nashrga tayyorladilar.