Xorazm Ma'mun akademiyasi

2006-2009 yillar

30-04-2017     Ilmiy tadqiqotlarning eng muhim natijalari

Antik davr va ilk o’rta asrlarga oid Tosh-qalha 2 shaharchasi, Uch-o’choq qo’rg’on sag’anasi, mo’g’il istilosigacha bo’lgan davr Meshikli qahla qo’rg’oni va Meshikli qo’rg’oni sag’analarida arxeologik dala ishlari natijalarida olingan materiallar kameral qayta ishlandi. Olingan materiallar tizimlashtirildi, tasniflashtirildi va interpretatsiyalandi. Grafik va chizma ishlari bajarildi. Mahlumotlar elektron bazasiga kiritildi.

Qadimgi davlatchilik va tsivilizatsiya tarixini o’rganish maqsadida ekspeditsiya tashkil qilinib, Xiva, Yangiariq, Xonqa, Bog’ot, Hazorasp, Pitnak tuman va shaharlari aholi turmush tarzida saqlanib qolgan islomgacha bo’lgan davrdagi urf-odat, anhana, irim-sirimlar tadqiq qilindi. Dala yozuvlari, suratlar, video materiallar va anketa savollariga javoblar to’plandi. Qadimgi Xorazmning qo’shni tarixiy-madaniy mintaqalar bilan aloqalari o’rganildi. Xorazm vohasida qadimiy davlatchilik jarayonlarining asosiy omillari tadqiq qilindi.

- Masihiyning hayoti va ilmiy-amaliy (tabobatda) faoliyati haqida hozirgacha mahlum mahlumotlar yig’ilib, adabiyotlar sharhi yozildi. Masihiyning ilmiy asarlari ro’yxati va bibliografiyasi tuzildi.

- Xorazm tarixiy mehmoriy yodgorliklarini kompleks ilmiy tadqiq qilish uchun arxiv materiallaridan va mavjud adabiyotlardan mahlumotlar to’plandi.Xiva shahridagi Ichan-Qalha Davlat muzey-qo’riqxonasi hududida joylashgan 12 ta tarixiy yodgorliklar bo’yicha  monitoring olib borildi va ularning bugungi kundagi texnik holatlari baholandi.

Chegaraviy plyuriregulyar to’plamlarning xossalari va tez kamayuvchi funktsiyalar sinfida Kadomtsev-Petiashvili tenglamasini integrallash usuli o’rganildi hamda kompleks qiymatli tez kamayuvchi funktsiyalar sinfida moslangan manbali Korteveg-de Friz tenglamasi uchun Gardner-Grin-Kruskal-Miura tenglamalarining analoglari olindi.

Asosiy qishloq xo’jaligi ekinlarining tuzlarga chidamliligiga oid mahlumotlar to’plandi va tahlil qilindi. G’o’za, soya, krotalyariya, bamiya va topinambur urug’larining biokimyoviy tarkibi aniqlandi. Introdutsient o’simliklar urug’larining unuvchanligi va o’sish energiyalari o’rganildi. Tajriba dalalarining tuproq-lari agrokimyoviy tahlil qilindi. SHo’rga chidamliligini o’rganish maqsadida 22 nav g’o’za, 6 nav soya, krotalyariya, mosh, 10 xil bamiya, 2 nav xashaki no’xat va topinambur ekildi.

Tuproqlarining sho’rlanganlik darajasi, agro-fizik va agrokimyoviy xususiyatlari, tarkibidagi gumus miqdori aniqlanib, unda sodir bo’ladigan mikrobiologik jarayonlar tahlil qilindi.

Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida hozirgi davrda yuzaga kelgan ekologik vaziyatni o’rganish, barcha yosh toifasidagi bolalar salomatligini kompleks tarzda o’rganish va baholash haqidagi mahlumotlarni o’z ichiga olgan mahlumotlar banki yaratildi. Viloyat hududida yuzaga kelgan ekologik tanglik sharoitida atrof-muhitning sifat ko’rsatgichlari: suv, havo va tuproqning ekologik jihatdan ifloslanish darajasi haqida umumiy mahlumotlar to’plandi va tahlil qilindi. Atrof muhitning sifat ko’rsatgichlari bilan shu muhitda yashayotgan bolalar va o’smirlar salomatligi, ularning nogironlik holati o’rtasida o’zaro korrelyatsion bog’liqlik darajasini tahlil qilish bo’yicha kompg’yuter dasturi yaratildi.