Хоразм Маъмун академияси

XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI NOSHIRLIK BO’LIMI

15-06-2017     Noshirlik bo'limi

O’zbekiston Respublikasi Matbuot Davlat qo’mitasining 1999-yil 3-dekabrdagi 65-sonli buyrug’iga binoan Xorazm Ma’mun akademiyasiga nashr qilish huquqi berilganligi sababli akademiyada noshirlik bo’limi tashkil qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistor Respublikasida noshirlik faoliyatini tartibga solish to’hrisida” gi 1997-yil 11-avgustdagi 393-sonli qarori ilovasining 3-bandiga binoan Xorazm Ma’mun akademiyasiga o’z qog’ozi va matbaa bazasi hisobiga ilmiy, tarixiy, badiiy va ilmiy-ommabop yo’nalishdagi ilmiy to’plamlar, risolalar, tavsiyanomalar, yo’riqnomalar, ilmiy qo’llanmalar, bukletlar va boshqa ilmiy ishlarni o’zbek va chet tillarida nashr qilish huquqi berildi.
Noshirlik bo’limida 7 kishidan iborat tahrir hay’ati tuzilib, bosmaxona o’z faoliyatini boshladi. Bosmaxona zarur orgtexnika va anjomlar (rizograf, stepler, rezak, laminator,  har xil tikish uskunalri) bilan ta’minlandi. Noshirlik bo’limida akademiya faoliyati uchun zarur bo’lgan, Xorazm Ma’mun akademiyasiga tegishli adabiyotlar nashr qilinadi.