Xorazm Ma'mun akademiyasi

Tajriba darsi o'tkazildi

16-04-2021     So'nggi yangiliklar

Bugun A-FA-2019-9 ‒ “Qadimiy yozma noyob qoʻlyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” grant  xodimlari Xiva pedagogika kalleji kutubxonashunoslik yoʻnalishi sirtqi boʻlim talabalari bilan tajriba darsi oʻtdilar.

Mahorat darsi grant rahbari filologiya fanlari doktori Abdulla O’razboyev hamda texnikum oʻqituvchisi Sultonboy Rasulov nazoratida boʻlib oʻtdi.

Mahorat darsida Xorazm Ma’mun akademiyasi ARM mudiri, grant  ilmiy xodimi Rayhonoy Zaripova talabalarga noyob manbalarni saqlash boʻyicha oʻz tajribasidan soʻzlab berdi.