Xorazm Ma'mun akademiyasi

16-MART, 9-APREL KUNLARI XORAZM MA'MUN AKADEMIYASI "ANIQ-FANLAR" BO'LIMINING NAVBATDAGI ILMIY SEMINARI BO'LIB O'TDI

15-04-2021     So'nggi yangiliklar

2021-yilning 16-mart va 9-aprel kunlari Xorazm Ma'mun akademiyasi "Aniq fanlar" bo'limining navbatdagi ilmiy seminari bo'lib o'tdi. Ilmiy seminarda Matyoqubov Zokirbek Qadamovich “Trubasimon sohalarda golomorf funksiyalar uchun integral formulalar va ularning tadbiqi” mavzusida ma'ruza qildi. Seminarda Ma'mun akademiyasining Aniq fanlar bo`limi ilmiy xodimlari ishtirok qildilar. Ma'ruzada, olingan ilmiy natijalar va yangiliklar muhokama qilindi. Ilmiy Seminar yuqori ruhda,  ilmiy munozara va qizgʻin savol javoblarga boy tarzda o'tdi.