Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xorazm arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasi davom etmoqda

10-04-2021     So'nggi yangiliklar

Xorazm  arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasi davom etmoqda. Reja asosida  qazish, topilgan ashyolarni saralab olish va ularni ro‘yxatga olish jarayoni olib borilmoqda. Qalajiq-qal'a yodgorligida viloyat ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda. Tadbirlarda xalq baxshilari va ijodkorlar ishtirok etishmoqda. Tadbirlarda viloyat teleradiokompaniyasi xodimlari ham ishtirok etishib Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimlaridan interyular olishmoqda. Tadbir ishtirokchilari Xorazm  arxeologik-etnografik yoshlar ekspeditsiyasi faoliyati bilan tanishib, Qalajiq-qal'adagi qazishma jarayonlarining guvohi bo'lmoqdalar. Ayni paytda yodgorlikning mudofaa devorlari o'rganilishda davom etmoqda.