Xorazm Ma'mun akademiyasi

Ilmiy seminar

09-04-2021     So'nggi yangiliklar

8-aprel kuni Xorazm Ma’mun akademiyasida Zoologiya instituti kichik ilmiy xodimi Atamuratova Muxayyo Shavkatovnaning 03.00.06 - Zoologiya ixtisosligi bo’yicha “Oxangaron daryosi suv havzalarining ixtiofaunasi” mavzusidagi Zoologiya ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining muhokamasi bo'lib o'tdi. Muhokamada Xorazm Ma’mun akademiyasi yetakchi ilmiy tashkilot sifatida ishtirok etdi. Muhokamada soha mutaxassislari tomonidan Atamuratova Muxayyo Shavkatovnaning tadqiqot ishi bo’yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Muhokama davomida ilmiy ishning yutuq va kamchiliklari ko’rsatib o’tildi.