Xorazm Ma'mun akademiyasi

Dissertatsiya ishi muhokamasi

12-03-2021     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma'mun akademiyasi erkin izlanuvchisi, Urganch davlat universiteti Geografiya, geodeziya, kartografiya kafedrasi o'qituvchisi Tajiyev Qudrat Kodirberganovichning 11.00.01 - Tabiiy geografiya ixtisosligi bo'yicha "Amudaryo hozirgi deltasi chap qirg'og'ining tabiiy-meliorativ sharoitini baholash" mavzusidagi geografiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining muhokamasi bo'lib o'tdi. Muhokamada Xorazm Ma'mun akademiyasi raisi prof. I.Abdullayev, ilmiy ishlar bo'yicha rais o'rinbosari k.f.n. dots. Sh.Xasanov, ilmiy kotib g.f.n. D.Ro'zmetov, 10 dan ortiq ilmiy xodimlar hamda Urganch davlat universitetining bir qator professor, o'qituvchilari ishtirok etishdi. Muhokamada soha mutaxassislari tomonidan Q.Tajiyevning tadqiqot ishi bo’yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Muhokama davomida ilmiy ishning yutuq va kamchiliklari ko’rsatib o’tildi. Umuman olganda Q.Tajiyevning ilmiy ishi OAK talablariga to’liq javob berishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi va keyingi bosqichga tavsiya etildi.