Xorazm Ma'mun akademiyasi

“Jaloliddin Manguberdi bobomiz tarixi, xalq himoyasidagi mardligi va jasorati” mavzusidagi uchrashuv

12-02-2021     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasida Xorazm viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi shuningdek O’zbekiston Respublikasi “Milliy gvardiyasi”ning Xorazm viloyati bo’limida faoliyat olib boruvchi ayol xodimalari va akademiyaning Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’limi ilmiy xodimlari o’rtasida “Jaloliddin Manguberdi bobomiz tarixi, xalq himoyasidagi mardligi va jasorati” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda, bo’lim boshlig’i t.f.n. Yulduz Rahmonova so’zga chiqib, Xorazm tarixida o’chmas iz qoldirgan shaxs Jaloladdin Manguberdi va uning hayotiy faoliyati, u tomonidan olib borilgan janglar, harbiy taktikalar, o’sha davrda siyosiy vaziyat va Jaloladdinining dunyo tarixida tutgan o’rni mavzusida ma’ruza qildi. Shundan so’ng, Ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya xodimlari, Jaloladdin bobomiz hayotiy faoliyati haqidagi o’z fikrlarini bayon qilishdi. Tadbir so’ngida, mehmonlar akademiya qoshida tashkil qilingan “Xorazm tarixi va madaniyati doimiy” ekspozitsiyasiga tashrif buyurishdi va Xorazm tarixiga oid bo’lgan eksponatlar bilan tanishib chiqishdi.