Хоразм Маъмун академияси

"Oʻzbek tili bayrami"ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

09-11-2020     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma'mun akademiyasida Urganch davlat unversiteti va akademiyaning Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi bilan hamkorlikda "Oʻzbek tili bayrami"ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Urganch davlat unversiteti professor oʻqituvchilari bilan bir qatorda akademiya olimlari va ilmiy xodimlari ishtirok qilishdi. Tadbir oʻzbek tilining dunyo tillari orasida tutgan oʻrni, davlatning bugungi kundagi til siyosati boʻyicha ilmiy munozaralarga boy ruhda oʻtdi. Jumladan, bugungi kunda oʻzbek tilini rivojlantirish, davlat tilida ish yuritish, hujjatlashitirish ishlarini oʻzbek tilida ish yuritish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari, gazeta, juranallar va internet nashrlarini oʻzbek tilida olib borish masalalari muhokama qilindi. Bildirilgan fikrlarga binoan oʻzbek tilining elektron lugʻatini yaratish va Oʻzbek tili izohli lugʻati va Oʻzbekiston ensiklopediyasini qayta nashr qilish takliflari bildirildi.

Tadbirda filologiya fanlari doktori, dotsent Abdulla Oʻrazboyev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Azamat Primov kabi sohaning yetakchi vakillari soʻzga chiqib, oʻzbek tilining oʻtmishi, buguni va kelajagi haqida, muammolar va yechimlar haqida nutq soʻzladilar. Oʻzbek tilining sofligi masalasi, yozuv masalasi, oʻzbek tilining maqomini mustahkamlash borasida qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar va shu asosda amalga oshirilayotgan ishlar haqida tadbir qatnashchilari bilan oʻzaro fikr almashildi.