Xorazm Ma'mun akademiyasi

Professor Boboxon Sodiqovga bag’ishlangan xotira tadbiri

30-04-2017     So'nggi yangiliklar

2017 yil 17 fevral kuni Urganch Davlat universitetida Respublikada kimyo fanining rivojiga salmoqli hissa qo’shgan olim, yosh olimlarga qirq yildan ortiq ustozlik qilgan professor Boboxon Sodiqovga bag’ishlab xotira tadbiri o’tkazildi. Tadbirda taniqli jurnalist Ro’zimboy Hasanning B.Sodiqovning hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda kimyogar olimning do’stlari, shogirdlari, yaqinlari qatnashdi.

Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi Shavkat Qodirov kitobda zakovatli muallim haqida o’z fikr-mulohazalarini keltirgan. U Boboxon Sodiqovning Urganch davlat universitetida faoliyat yuritgan davrlardagi ish uslubi, insoniy fazilatlari, tarbiya usullari, mohir tashkilotchi, uddaburon rahbarligi to’g’risida aytib, uning xotirasini doimo hurmat va ehtirom bilan yodga olishini ta’kidladi.