Xorazm Ma'mun akademiyasi

O’zbek mumtoz adabiyotining ikki buyuk vakili

13-02-2018     So'nggi yangiliklar

2018 yil 12 fevral kuni o’zbek mumtoz adabiyotining ikki buyuk vakili “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur” tavalludiga bag’ishlangan seminar Xorazm Ma’mun akademiyasi majlislar zalida  bo’lib o’tdi. Seminarda Xiva tibbiyot kolleji, Milliy xunarmandchilik kasb-hunar kolleji va 52-son maktab o’quvchilari qatnashdilar. Seminarda Xorazm Ma’mun akademiyasi ARM mudiri R.Zaripova, ilmiy xodim Sh.Raximov Xorazm tarixi va madaniyati doimiy ekspozitsiyasi fond saqlovchisi F.Yusupov, Xiva tibbiyot kolleji o’qituvchilari N.Matyoqubova, Z.Allaberganova, milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejidan Sh. G’ulomova, 52-son maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari K.Inoyatovlar A.Navoiy merosi, uning ijodida komila ayollar timsoli, Z.M.Bobur - tarixiy shaxs, uning hayoti va ijodi, madaniy merosi tu’grisida ma’ruzalar qilishdi. O’quvchilar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan ruboiylar va g’azallar o’qidilar.