Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xorazm Ma’mun akademiyasi arxeologlari arxeologik-qidiruv ekspeditsiyasida

13-05-2017     So'nggi yangiliklar

2017 - yil 1 - maydan boshlab Xorazm Ma’mun akademiyasi arxeologlari katta ilmiy xodim M.S.Abdullaev, kichik ilmiy xodimlar Sh.Rahimov va N.Kamalovalar arxeolog guruh rahbari katta ilmiy xodim B.Sadullaev ilmiy rahbarligida Xorazm viloyatining Xiva va Qo’shkshpir tumanlariga arxeolog-qidiruv ekspeditsiyasiga chiqdilar.

Arxeolog-qidiruv ekspeditsiyasidan asosiy maqsad – Xorazm viloyatidagi arxeologik yodgorliklar katalogi va xaritasini yaratish uchun ma’lumotlar to’plash, arxeologik ob’ektlarning aniq koordinatalarini belgilash, yangi arxeologik manzilgohlarni aniqlash, keyingi arxeologik ekspeditsiyalar uchun ob’ektlarni tanlashdir.

1-7 - may kunlari arxeologik guruh Xiva tumani “Qoraqum” o’rmonchilik ilmiy tadqiqot instituti va Qoraqum fermer xo’jaliklari hududida dala-qidiruv ishlarini olib bordilar. Dala-qidiruv ishlari jarayonida Xiva Tuproqqal’asining o’rni aniqlandi. Xiva Tuproqqal’asi 1972-1973 - yillarda O’zR FA QQB arxeologlari tomonidan o’rganilgan. Yodgorlik bugungi kungacha saqlanib qolmagan.

Hozirda ham yodgorlik o’rnidan bir qator sopol buyumlar aniqlandi.

Arxeologik-qidiruv ekspeditsiyasi davom etmoqda.