Хорезмская академия Маъмуна

UrDU professor-o’qituvchilarining akademiyaga doimiy tashrifi yo’lga qo’yildi

30-04-2017     Новости

2017 yil 27 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Xorazm Ma’mun akademiyasida bergan muhim topshiriqlaridan biri akademiya faoliyatini keng targ’ib qilish masalasi edi. Prezidentimiz akademiya haqida hatto Urganch davlat universitetining ba’zi talabalari ham bilishmaydi degan edilar. Shu munosabat bilan Urganch davlat universiteti va Xorazm Ma’mun akademiyasi o’rtasida universitet va talabalarini akademiyaga jalb qilish maqsadida dastur ishlab chiqildi.

30 yanvar kuni Urganch davlat universitetining Filologiya fakulteti xorijiy tillar kafedrasi va Tarix fakultetining Falsafa kafedrasi professor-o’qituvchilari akademiyaga tashrif buyurdilar. Ilmiy kotib Masharib Abdullaev professor-o’qituvchilarni akademiya tarixi va hozirgi faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Mehmonlarda “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasi eksponatlari katta qiziqish uyg’otdi.

Professor-o’qituvchilar o’z talabalari bilan muntazam ravishda akademiyaga kelishni rejalatirib olishdi.