Xorazm Ma'mun akademiyasi

Funksiyalar nazariyasiga bag’ishlangan birlashgan ilmiy seminar

24-06-2017     So'nggi yangiliklar

2017 yil 22 iyun kuni Xorazm Ma’mun akademiyasi va Urganch Davlat universiteti matematika kafedrasining Funksiyalar nazariyasiga bag’ishlangan birlashgan ilmiy seminarining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ushbu seminarda f.-m.f.d., akademik A.Sadullaev, f.-m.f.d. B.Abdullaev  va Urganch Davlat universitetining matematika kafedrasi professor o’qituvchilari va magistrant talabalari ishtirok etdi. Ushbu seminarda akademiyaning katta ilmiy xodimi f.-m.f.n. A.Atamuratovning “Parabolik ko’pxilliklar va ularning xossalari” mavzusidagi ilmiy ma’ruzasi tinglandi.