Khorezm Mamun academy

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrifi to’g’risida

30-04-2017     News

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich barcha sohalarga va hududlarga judda katta e’tibor qaratib kelmoqda. 2017 yil 27-28 yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog’ida Xorazm Ma’mun akademiyasiga ham keldilar.

Prezidentimiz akademiya faoliyatini yanada jonlantirish, uni butun dunyoga tanitish moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, olimlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha bir qator topshiriqlarni berdilar.

"Bu akademiyada millatimiz tarixini qancha tashviqot qilsak, arziydi. Bunday tarix dunyoda yo’q. Madaniyatimiz, haqiqiy ilmiy salohiyatimizni elga, dunyoga tarannum qila olmayapmiz. Ma’mun akademiyasi kadrlar tayyorlash bo’yicha maskan bo’lishi kerak. Xorazmga kelgan sayyoh tariximizni bilib ketishi kerak. Bu akademiyaga katta kuch, qudrat berish lozim - dunyo tan olishi kerak. Koreya, Yaponiya, Amerika yoki Yevropa davlatlarining katta akdemiklari kelsin, bu yerdagilar u yerga borsin", - dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz bergan topshiriqlar yuzasidan O’zR FA Prezidenti B.S.Yo’ldoshev, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri R.Qosimov, O’zR FA vitse prezidentlari S.Lutpullaev va B.Abduhalimovlar Xorazm Ma’mun akademiyasi jamoasi bilan uchrashuv tashkil etdilar. Bu topshiriqlar akademiyaga juda katta mas’uliyat yuklashi, Prezidentimizning yuksak ishonchini oqlash, sidqidildan ishlash, ko’rsatilgan kamchiliklarni to’la bartaraf etish, ayniqsa Ma’mun akademiyasining faoliyatini keng targ’ibot va tashviqot etish zarurligi ta’kidlab o’tildi va Xorazm Ma’mun akademiyasi oldida turgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Xorazm Ma’mun akademiyasi jamoasi yuksak e’tibori va g’amho’rligi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevga o’zining samimiy minnatdorchiligini bildiradi.