Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xalqaro konferensiya o'tkazildi

03-06-2024     So'nggi yangiliklar

Hindistonning Anand xalqaro muhandislik kolleji va Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda "Applied Nonlinear Science computation and applications" nomli 1-Xalqaro O‘zbekiston va Hindiston konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiya nochiziqli fan va innovatsiyalar chegaralarini o'rganish uchun hamkorlikni yanada birlashtirish va kelajakda shakllantiradigan global g’oyalar almashinuvi borasida yangi istiqbolli g’oyalarni ilgari surdi. Konferensiyada tashkiliy qo`mita a`zosi sifatida Xorazm Ma'mun akademiyasi bosh ilmiy hodimi U.I.Baltaeva ham ishtirok etdi.  Hozirgi kunga qadar Anand xalqaro muhandislik dargohi va Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy hodimlari birgalikda ilmiy tadqiqot ishlari bo`yicha hamkorlikda bir qancha natijalarni olishgan. Keyingi istiqbolli rejalarda Akademiya hodimlari Hindistonning ilmiy tadqiqot institutiga hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarni olib borishga taklif etilgan.