2024-yil 2-3 May kunlari Xorazm Ma’mun akademiyasi aniq fanlar bo‘limi kichik ilmiy xodimi G.Artikbayeva Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida “Modern Problems of Applied Science and Engineering” -“Amaliy fan va texnikaning zamonaviy muammolari” xalqaro konferensiyasida ishtirok qildi. Konferensiya bir qancha xorijiy davlatlar universitetlari: Le Havre universiteti, Aligarh musulmon universiteti, Xi'an Jiaotong universiteti, Izmir texnologiya instituti, Malayziya Terengganu universiteti, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Boku Matematika va mexanika institute va AIP nashriyoti xamkorligida o’tkazildi. G.Artikbayeva “Method and Algorithm for the Numerical Solution of the Filtration Problem of Changing Porosity Depending on Gas Pressure in a Porous Medium” mavzusida taqdimot qildi. Mavzu bo’yicha chet el olimlari o’z qiziqishlarini bildirdi va savol, munozoralarga sabab bo’ldi.