Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi ilmiy xodimlari R. Maxmudov, Sh. Matyaqubov, F.Jumaniyazova, D. Rajabova, X. Aminovlar Urganch Innovatsion Universitetida “Zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilgan halqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok qilishdi.
Konferensiyada bo‘lim kichik ilmiy xodimi F. Jumaniyazova “Xorazm viloyatida Ikkinchi jahon urushi yillarida ayollarning fan va ta’lim sohalariga jalb qilinishi” mavzusida taqdimot qildi.