O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi (Agentlik) BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda, Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonda moslashuvning o‘rta va uzoq muddatli rejalashtirilishini olg‘a surish uchun sektorlarga tayangan milliy moslashuv rejasi” qo‘shma loyihasini amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha doirasida joriy yilning 6 – 7-may kunlari Toshkent shahrida, BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof- muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Agentlik va O‘zbekiston ekologik harakati bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan iqlim o‘zgarishi va moslashish bo‘yicha xalqaro konferensiyasi (vazirlik va ekspertlar darajasida) gibrid formatda o‘tkazilidi. Anjumanning 6 sessiyasida “Fan va ta'lim, Orol dengizi havzalarida moslashuvchan salohiyatni rivojlantirish asosi sifatida” qismida Xorazm Ma’mun akademiyasi tabiiy fanlar bo’limi boshligí b.f.d., k.i.x. L.A.Gandjayeva “Xorazm Ma’mun Akademiyasining yutuqlari” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi. B.f.d., k.i.x. L.A.Gandjayeva nutqida anjuman ishtirokchilarini tabriklash qatori Xorazm Ma’mun akademiyasi tarixi va buguni haqida hamda ilmiy xodimlar tomonidan erishilgan yutuqlari tog’risida qisqa so‘z yuritdi.
Konferensiyada, Markaziy Osiyo mamlakatlari jumladan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning asosiy vazirliklari hamda Oʻzbekiston akademik hamjamiyati vakillaridan 100 ga yaqin ishtirokchi qatnashishdi.