Хорезмская академия Маъмуна

XALQARO HAMKORLIK

29-04-2024     Новости

Joriy yilning 24-26-aprel kunlari Xorazm Ma’mun akademiyasiga Xitoy Respublikasining Sindzyan Ekologiya va Geografiya ilmiy tadqiqot Institutidan professor Li Bingwen boshchiligida olimlar: Wu Miao, Liu Yan, Xu Xinwen, Jinglong Fan, Shao Minghao, Zhou Zhibinlar tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tomonidan moliyalashtiriladigan “Orol dengizi degradatsiyasiga uchragan zonada Cistanche spp.ni saqlash va uni yetishtirish texnologiyasini tadqiq qilish” mavzusidagi xalqaro ilmiy loyihada hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, Xorazm viloyati cho‘l o‘simliklaridan sistanxe o‘simligi turlarini aniqlash, ularning urug‘idan ko‘paytirish, ekishning agrotexnologik tadbirlari bo‘yicha dastlabki ilmiy izlanishlar yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Ushbu noyob dorivor o‘simlikni cho‘l zonalarida keng plantatsiyalarini tashkil qilish, shu bahonada saksovulzorlar va yulg‘un kabi cho‘l o‘simliklarini ko‘paytirish va qum ko‘chkilarini oldini olishdan iborat va sistanxe dorivor o‘simligidan yuqori hosil va daromad olishdan iborat. Tashrif chog’ida mehmonlar dastavval Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Laboratoriyalar, muzey, kutubxona hamda ekspremental baza faoliyatini ko’zdan kechirishdi. Undan keyin Xorazm viloyatining cho‘l hududlarida bo’lishib, mavjud sistanxe o’simliklarini turlarini aniqlashdi va yangi navlarni ekib ko’paytirish uchun maydonlar tanlab olindi.

Safarning keyingi bosqichida Xorazm Ma’mun akademiyasi hamda Sindzyan Ekologiya va Geografiya ilmiy tadqiqot Instituti tomonidan “Sistanxe o‘simligini urug‘idan ko‘paytirish, ekishning agrotexnologiyasini yaratish” mavzusida seminar tashkil qilinib ikki tashkilot olimlari o’rtasida o’zaro bilim va ko’nikma almashishdi.

Kelgusida ushbu ikki tashkilot o’rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirib xalqaro loyihalar amalga oshirishga kelishib olindi.