Xorazm Ma'mun akademiyasi

Ko'rgazma

19-04-2024     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasidagi Muzey-ekspozitsiyada Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi arxeolog olimlari tomonidan bir necha yillar davomida Xumbuztepa, Qalajiqqal’a, Katqal’a kabi Xorazmning qadimiy qal’alarida amalga oshirilgan arxeologik ekspeditsiyalar davomida topilgan antik davr va oʻrta asrlarga oid sopol buyumlar, tangalar, ekspeditsiya davomida yaratilgan tarixiy rasmlar va boshqa noyob eksponatlarning koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmada chet ellik olimlar, sayyohlar, Ma’mun universiteti, Urganch davlat universiteti, Urganch innovatsiyalar universiteti talabalari va boshqa mehmonlar ishtirok qildilar. Tadbir Ommaviy axborot vositalari tomonidan jonli efirda ham yoritildi.