Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’limida navbatdagi ilmiy seminar bo’lib o’tdi. Bo’lim kichik ilmiy xodimi F.R.Matqurbanov “Arxeologik tadqiqotlarda 3D modellashtirish uchun 3D dasturlarning ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada zamonaviy texnik dasturlar orqali arxeologik tadqiqotlar asosida o'rganilgan tarixni jonlantirish mumkinligi amaliy tarzda namoyish etildi. Arxeologiya sohasida rekonstruksiya masalasi bilan bir qatorda hozirgi kunda 3D modellashtirish, virtual arxeologiya tushunchalari ham fanda qo’llanilayotganligi va 3D dasturlardan oqilona foydalanish mumkinligi ma’ruzada aytib o’tildi.