Xorazm Ma'mun akademiyasi

Ichki ishlar xodimlari bilan uchrashuv

01-04-2024     So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 30-mart sanasida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Xorazm Ma'mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo`limi boshlig`i, f.f.d., k.i.x. Raufjon Mahmudov "Mirzo Ulug`bek - buyuk olim va davlat arbobi" mavzusida ma'ruza qildi. Ma'ruzani viloyatning barcha tumanlari Ichki ishlar bo`limlari ham masofadan tingladilar. Ma'ruza yakunida tinglovchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.