Xorazm Ma'mun akademiyasi

Yangi nashr

01-04-2024     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy kotibi g.f.n., k.i.x. D.Ro‘zmetov tomonidan Urganch davlat universiteti bir guruh olimlari (M.Xamroyev, A.Abdullayev, R.Xudayberganovalar) bilan hamkorlikda O‘zbekiston geografiyasi tarixida birinchi bor o‘zbek tilida va lotin grafikasida “Sanoat geografiyasi” darsligi nashr etildi.

Darslikda Sanoat geografiyasi nazariy asoslari, sanoat tarmoqlari, sanoat ishlab chiqarishining ijtimoiy va hududiy tashkil etish omillari, tarmoqlararo aloqalari va hududiy majmualari rivojlanish xususiyatlari hamda energiya ishlab chiqarish tsikllariga oid iqtisodiy geografik bilimlar o‘rin olgan.

Darslikdan Sanoat geografiyasi, Iqtisodiy - ijtimoiy geografiya asoslari, O`zbekiston geografiyasi, Jahon iqtisodiy - ijtimoiy geografiyasi, Sanoat va qishloq xo‘jaligi geografiyasi kurslarida foydalaniladigan o‘quv materiallar joy olgan.

Darslik oliy talim muassasalari geografiya, geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishlari talabalari va soha mutaxassislariga mo‘ljallangan.