Bugun Rossiya Federatsiyasining hamkor Novosibirsk davlat universiteti Gumanitar fanlar instituti direktori, tarix fanlari doktori Andrey Zuyev, professor Belitsa Tatyana va ilmiy xodim Evganiya Ignateva hamda akademik Anatoliy Sagdullayev boshchiligidagi delegatsiya Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrif buyurishdi. Delegatsiya aʼzolari va Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy xodimlari ishtirokida “Shimoliy va Markaziy Osiyo tadqiqotchilari Konsorsiumi doirasidagi ko‘p tomonlama ilmiy hamkorlikning dolzarb masalalari” mavzusida rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda O'zbekiston milliy universiteti professori, OʻzResFA akademigi Anatoliy Sagdullayev ham oʼz fikrlarini bildirib o’tdi. Uchrashuvdan so’ng mehmonlar Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.