Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xorazm Ma’mun akademiyasi va Italyaning Salento universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

27-03-2024     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Maʼmun akademiyasiga Italiyaning Salento universiteti rektori prof. Fabio Pollise boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikda Arxeologiya, matematika, biologiya, kimyo, qishloq xo‘jaligi, arxitektura va boshqa yo‘nalishlarda tadqiqotlarni amalga oshirish kabi masalalarni muhokama qildilar. Muzokaralar samarasi o‘laroq ikki muassasa o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Shundan so‘ng Italyalik mehmonlar prof. Fabio Pollise, prof. Girolamo Fiorentino,  Erasmus bo'yicha koordinator Rosita Damora Xorazm Maʼmun akademiyasi muzeyi, qo‘lyozmalar fondi hamda akademiyada mavjud bo‘limlar faoliyati bilan tanishishdi.