Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’limida navbatdagi ilmiy seminar bo’lib o’tdi. Bo’lim katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) B. P. Sadullayev “Miloddan avvalgi V-IV asrlarda Xorazmda urbanizatsiya jarayonlari” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada miloddan avvalgi V-IV asrlarda Xorazm vohasida shaharlarning ommaviy ravishda barpo etilishi bilan bog’liq siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy omillar bayon qilinadi. Bunda asosan arxeologik manbalar, yozma manbalar va tadqiqotchilarning izlanishlari tahlil qilinib, Axamoniylar hukmronligidan Xorazmning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi va mustaqil davlatchilikni mustahkamlashda shaharlarning o’rni va roliga alohida e’tibor beriladi.