Xorazm Ma'mun akademiyasi

XORАZM JАDIDLАRIGА OID MONOGRАFIYA NАSHR ETILDI

15-03-2024     So'nggi yangiliklar

Xorazm Maʼmun akademiyasi katta ilmiy xodimi, t.f.f.d Umid Bekmuhammad, iqtisod fanlari nomzodi, professor M.Matkarimov va tarix fanlari doktori, dotsent S.Matkarimovalar hammuallifligidagi “Yosh Xivaliklar”ning Respublika davridagi faoliyati” nomli monografiya chop etildi. Monografiyaga soʼzboshi Ozarbayjon Milliy Bilimlar akademiyasining N.Ganjaviy nomli til va adabiyot instituti boʼlim boshligʼi, f.f.d., professor Аlmaz Ulviy tomonidan yozilgan.

Monografiyada Xorazm jadidlari aʼzo boʼlgan "Yosh xivaliklar" partiyasining tashkil etilishi, shakllanishi va 1920-24 yillardagi Respublika davridagi faoliyati, jamiyatda kechgan jarayonlar Oʼzbekiston Milliy arxivi, shu davrga oid matbuot nashrlari hamda Polvonniyoz hoji Yusupov va boshqalarning xotiralari asosida yoritilgan.

Monografiyada Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov, Bekjon Rahmon, Xudoybergan Devonov va boshqa Xorazm jadidlarining hayoti va faoliyati yangi maʼlumotlar asosida tadqiq qilingan.