Xorazm Ma'mun akademiyasi

"OLIMA AYOLLARNING TA'LIM VA ILM-FANDAGI YUTUQLARI" MAVZUSIDA ILMIY SEMINAR BO'LIB O'TDI

26-02-2024     So'nggi yangiliklar

15-fevral kuni Urganch davlat universitetida 11-fevral – “Ilm-fandagi Xalqaro ayollar va qizlar kuni" munosabati bilan "Olima ayollarning ta’lim va ilm-fandagi yutuqlari" mavzusida viloyatimizdagi bir qator oliy va ilmiy ta’lim muassasalari olima ayollari ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi.

Jumladan, viloyat "Olima ayollar" uyushmasi raisi, M.Iskandarova, Oila va Xotin-qizlar boshqarmasi Urganch shahar bo'limi mutaxassisi N.Boboniyozova, TTA UF Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi F.Atajonova, UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva hamda Xorazm Ma`mun akademiyasi bosh ilmiy hodimi U.I.Baltayevalar ishtirok etib, hozirda o’z faoliyatlari davomida olib borayotgan imiy tadqiqot ishlari to’g’risida keng ko’lamli ma’ruzalar qilishdi.

Uchrashuv davomida talabalar orasida ilmiy tadqiqot va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ilmiy-amaliy choralar xususida so’z yuritilib, talabalar juda ko’p yangi va o’zlari uchun foydali bo’lgan ma’lumotlarni bilib olishdi.