Xorazm Ma'mun akademiyasi

Yangi Ilmiy nashr

06-02-2024     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimi boshligʻi, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim Raufjon Mahmudovning “Ogahiy tarixiy asarlaridagi oʻzlashmalarning semantik guruhlari va lingvopoetikasi” nomli ilmiy monografiyasi nashr qilindi. Monografiyada Ogahiy tarixiy asarlari leksikasida uchraydigan arabiy, forsiy va rus tili orqali oʻzlashgan soʻzlarning tarixiy-badiiy asar badiiyatida tutgan oʻrni, bajaradigan funksiyalari, oʻzlashmalarning mavzu koʻlami tahlil qilingan. Monografiya oʻzbek tili tarixi, leksikologiya, tarix, etnografiya fanlariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.