Xorazm Ma'mun akademiyasi

"YANGI AVLOD JADIDLARI" MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI BO‘LIB O‘TDI

06-02-2024     So'nggi yangiliklar

Bugun Ogahiy nomidagi ijod maktabining "Iste'dodlar markazi"da Xiva shahar Ma'mun akademiyasi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari falsafa doktori yozuvchi, tarixshunos, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Umid Bekmuhammad bilan "Yangi avlod jadidlari" mavzuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida Jadidchilik namoyondalari haqida xususan, Xorazm jadidchiligiga hissa qo‘shgan vohadoshlar hayoti bo‘yicha ma'lumotlar berildi. Olim tomonidan olib borilayotgan ilmiy ishlar yuzasidan so‘z yuritildi.

Shuningdek, uchrashuvda jadidchilik harakatida alohida o‘z tarixiga ega Xorazmlik ayol "Matonatli Maryam" ko‘p seriyali filmning sur'atga olish jarayonlari va yaqin orada ekran yuzini ko‘rishi bo‘yicha ham aytib o‘tildi.