Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xalqaro konferensiya

08-01-2024     So'nggi yangiliklar

Urganch davlat universitetida oʻz ishini boshlagan “XXI asr algoritmi” nomli xalqaro anjuman 2024-yilning 5-9 yanvar sanalariga moʻljallangan. 8-9 yanvar sanalarida anjumanning maʼruzalari Xorazm Ma’mun akademiyasida Aniq fanlar bo’limi xodimlari ishtirokida boʼlib oʼtmoqda. Ushbu nufuzli anjumanda dunyoning 30 nafarga yaqin matematika sohasining yetakchi mutaxassislari, doktorantlar, talabalar, xususan, Amerika Qoʼshma Shtatlarining 6 nafar yirik olimlari qatnashmoqda. Shuningdek, yurtimizdagi oliy oʻquv yurtlaridan talabalar, Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etmoqda.
Buyuk matematik olim Al-Xorazmiyning 1240 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan anjumanda AQSHning Alabama universiteti professori Volodymyr Melnykov, Los Angeles shahridagi Kaliforniya universiteti va Germaniyaning Maks Plank universiteti professori Guido Montufar taqdimot qildilar.