Xorazm Ma'mun akademiyasi

Fanlar akademiyasi tashkil etilganining 80 yilligi munosabati bilan Breyn-ring o‘yini o‘tkazildi

07-12-2023     So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligi  munosabat bilan Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi “Zakovat” turniri tashkil etildi. I-tur musobaqalarda  Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlaridan tashkil topgan 31 ta jamoa ishtirok etib,1-o‘rinni  Xorazm Ma’mun akademiyasi, 2-o‘rinni Fanlar akademiyasi Tarix instituti, 3-o‘rinni Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti jamolari egallagan edi. G‘olib jamoalar diplom va medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 12-14 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Fanlar akademiyasining yubiley tadbirlaridan oldidan bugun  “Zakovat” turnirining final o’yini bo‘lib o‘tdi. Unda Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Xorazm Ma’mun akademiyasi jamolari o‘zaro bilim maydonida kuch sinashdi. Murosasiz o‘tgan o‘yinda Fanlar akademiyasi Tarix instituti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. O‘yin yakunida Fanlar akademiyasi Tarix instituti jamoasi 20 million so‘m, Xorazm Ma’mun akademiyasi jamoasi 15 million so‘m bilan taqdirlandi.