Xorazm Ma'mun akademiyasi

ROSSIYA FANLAR AKADEMIYASINING 300 YILLIGIGA BAG’ISHLANGAN YOSH OLIMLARNING AKADEMIK FORUMI

10-11-2023     So'nggi yangiliklar

Rossiya Fanlar akademiyasining taklifiga ko’ra, O’zR FA qoshida tuzilgan komissiya tomonidan tanlab olingan 25 nafar yosh olimlardan iborat delegatsiya 2023 yil 1-4 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri Rossiya Fanlar akademiyasida bo’lib o’tgan «Bolshaya Evraziya Kontinent nauki 2023» mavzusidagi Yosh olimlarning akademik forumi ishtirok etishdi.

Ushbu forumda O’zbekiston, Azarbayjon, Belorussiya, Efiopiya, Vetnam, Kozog’iston, Qirg’iziston kabi 20 ga yaqin davlatlardan kelgan 260 dan ortiq Yosh olimlar bir-biri bilan uchrashib tajribalar almashinildi.

O’zR FA Xorazm Ma’mun akademiyasi DSc doktoranti Xamryaev Nurbek Ulug’bekovich 2023 yil 2 noyabr kuni “Biobezapasnost i Pradavolstvennaya bezopastnost” seksiyasida “Biometricheskie i bioximicheskie pokazateli sortov risa iz seleksii Rossiyskoy Federatsii” mavzusida ma’ruza qildi va mahsus sertifikat bilan taqdirlandi.