Xorazm Ma'mun akademiyasi

“Tabiiy fanlarda innovatsion yechimlar: zamonaviy tadqiqotlar va ilm-fan integratsiyasi” mavzusida konferensiya

05-10-2023     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma'mun akademiyasida O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag'ishlab “Tabiiy fanlarda innovatsion yechimlar: zamonaviy tadqiqotlar va ilm-fan integratsiyasi” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tmoqda. Ushbu konferensiyada Belorussiya davlat texnologiya universitetidan kafedra mudiri, t.f.d., prof. Levdanskiy Aleksandr Eduardovich, Kovaleva Anastasiya Aleksandrova,  Fedarovich Yevgeniy Gennadevich, Toshkent kimyo-texnologiya institutidan Nurmuxamedov Sadulla Xabibullayevich hamda Urganch davlat universiteti professor o'qituvchilari, Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimlari ishtirok etishmoqda. Kunning birinchi yarmida konferensiyaning ochilishi bo'lib o'tdi hamda plenar ma'ruzalar tinglangan bo'lsa, kunning ikkinchi qismida sho'balar kesimida ma'ruzalar davom ettiriladi.