Xorazm Ma'mun akademiyasi

Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag'ishlangan konferensiya bo'lib o'tdi

28-09-2023     So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 26-sentabr sanasida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida "Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o‘rni" mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyasi bo‘lib o’tdi. Shu kuni o‘ttizga yaqin davlatlardan tashrif buyurgan konferensiya ishtirokchilari Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Xorazm Ma’mun akademiyasi tarixi va bugungi kunda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi. Ular uchun ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil qilindi hamda axborot resurs markazi faoliyati va “Xorazm tarixi va madaniyati” doimiy ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishishdi.