Xorazm Ma'mun akademiyasi

Ruminiya bilan xalqaro ilmiy aloqalar yoʼlga qoʼyildi

07-09-2023     So'nggi yangiliklar

Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi b.f.d., professor Ikram Аbdullayev ayni paytda Ruminiyaning Kluj Napoka qishloq xoʼjaligi fanlari va veterinariya universitetida (University of Agricultural Sciences and Veterinary Medicine of Cluj-Napoca UASVM) ilmiy safarda boʼlmoqda. Safar davomida muhim yangilik Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari va Urganch davlat universiteti talabalari uchun 2027-yilgacha moʼljallangan ERASMUS+MOBILITY loyihasi qoʼlga kiritildi va universitetning xalqaro ishlar boʼyicha prorektori professor Аndreye Mixalka bilan ushbu xujjat imzolandi. Shuningdek safar davomida Oradya shahridagi Oradya universiteti Biologiya fakulteti professori Diana Kupsa bilan ham hamkorlik qilish, xalqaro loyihalar doirasida ilmiy faoliyat olib borishga kelishib olindi. Safar davomida I.Аbdullayev Kluj Napoka qishloq xoʼjaligi fanlari va veterinariya universiteti (UASVM) fakultetlari, laboratoriyalari va undagi zamonaviy asbob uskunalar, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ilmiy tatqiqot ishlari bilan yaqindan tanishdi.