Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xorazm Ma'mun akademiyasida Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan seminar tashkil etildi

07-09-2023     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma'mun akademiyasida buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan seminar tashkil etildi.

Unda  O‘zRFA Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, "Beruniy avlodlari" jamoat fondi huzuridagi Beruniyshunoslik ilmiy markazi direktori, prof. B.Karimov,  O‘zRFA Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi beruniyshunos B.Abdullayev, Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi, beruniyshunos F.Ibragimov, “Tamaddun Nuri” jurnali bosh muharriri  M.Quronboyeva hamda Xorazm Ma'mun akademiyasining bir qator ilmiy hodimlari ishtirok etishdi.  

Seminarda soʻzga chiqqanlar buyuk mutafakkirning adabiy merosi, uning ilmiy-badiiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari, yangi topilgan qoʻlyozmalari haqida maʼlumotlar berdilar.