Xorazm Ma'mun akademiyasi

TUPROQ SHO‘RLANISHIGA CHIDAMLI NAVLARINI YARATISHDA MOLEKULYAR TADQIQOTLARDAN FOYDALANISH ZAMON TALABI

29-08-2023     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasi Tabiiy fanlar bo’limi DSc doktoranti Xamrayev Nurbek Ulug’bekovich Zamonaviy biotexnologik usullarni qo‘llash asosida tuproq sho‘rlanishi va qurg‘oqchilikga chidamli kuzgi yumshoq bug‘doy tizmalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Shu munosabat bilan u 2023 yil 02-26 avgust kunlari Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti G'o'zaning eksperimental poliplodiyasi va filogenyasi laboratoriyasida Biologiya fanlari doktori, professor Kushanov Faxriddin Ne'matullayevich rahbarligida kuzgi yumshoq bug‘doy navlarining sho‘rlanishga chidamlilik darajasini WSSR markerlari yordamida baholash maqsadida laboratoriya tadqiqotlarini olib bordi.

N.U.Xamrayev sho‘rlanishga chidamlilikni boshqaradigan WSSR (Wheat Simple Sequence Repeats) WSSR_001, WSSR_002, WSSR_003, WSSR_004, WSSR_005, WSSR_006, WSSR_007, WSSR_008, WSSR_009, WSSR_010, WSSR_015, WSSR_016, WSSR_017, WSSR_042, WSSR_044, WSSR_075, WSSR_079, WSSR_098, WSSR_109, WSSR_112 va WSSR_115 markerlaridan foydalanib navlarni baholangan.

SHo‘rlanishga chidamlilikni boshqaradigan 21 ta WSSR markerlaridan foydalanib navlar elektroforetik tahlillar o‘tkazilganda, WSSR_009, WSSR_044 va WSSR_098 markerlarida navlarda polimorfizm mavjudligi kuzatilgan. Eng ko‘p polimorf genotiplar WSSR_044 markerida Chillaki, Bo‘zqal’a, Yonbosh, Mars-1, Polovchanka, Fortuna, Kroshka, Pamyat’ va Retezat navlarida aniqlangan. Kuzgi yumshoq bug‘doy nav namunalari 140 dan ortiq WSSR markerlari yordamida tahlil qilish rejalashtirilgan bo’lib tadqiqotlar davom ettirilmoqda.