Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xalqaro hamkorlik yoʻlida

19-07-2023     So'nggi yangiliklar

Bugun Xorazm Ma’mun akademiyasiga Saudiya Arabistonidan e’tiborli yozuvchi, sharqshunos, Oʻzbekistonning mehnatsevar, dilovar, mehmondoʻst, rahmdil, insonparvar, iymon-e’tiqodli xalqi haqida bir-biridan qiziqarli ishqiy roman, hikoyalar va afsonalar jamlangan uch kitobdan iborat saylanma asarlarni yaratgan Muhammad Diraziy hamda uning rafiqasi tashrif buyurdi. Tashrif chogʻida akademiyaning bir guruh olimlari va rahbariyat bilan uchrashuv hamda kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tomonlar uchrashuv chogʻida madaniy, ilmiy, adabiy sohalarda oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Muhammad Diraziy hamda uning rafiqasi tashrif chogʻida akademiyada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, olimlar faoliyati, fondda jamlangan noyob qoʻlyozmalar, laboratoriyalarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.