Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xorazm Ma’mun akademiyasida ilmiy seminarlar davom qilmoqda

19-07-2023     So'nggi yangiliklar

2023-yilning 18-iyul sanasida soat 10:30 da Xorazm Ma’mun akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻlimida navbatdagi ilmiy seminar boʻlib oʻtdi. Unda Xorazm Ma’mun akademiyasi kichik ilmiy xodimi D.Sh.Rajabovaning 07.00.01 – Oʻzbekiston tarixi ixtisosligidan “Abdulla Boltayev materiallarining O‘zbekiston tarixini o‘rganishdagi ilmiy ahamiyati (Xorazm vohasi misolida) mavzusidagi tarix fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi dastlabki muhokamasi boʻlib oʻtdi. Seminar olimlarning qizgʻin bahs-munozarasi bilan oʻtdi. Ilmiy seminar yakunida mazkur dissertatsiya bir ovozdan keyingi bosqichga tavsiya etildi.