Xorazm Ma'mun akademiyasi

Xorazm Maʼmun akademiyasi rahbariyati Kat-qalʼada

13-07-2023     So'nggi yangiliklar

Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi prof. I.I.Аbdullaev va ilmiy kotib, katta ilmiy xodim D.R.Roʼzmetov Xorazm Maʼmun akademiyasining arxeologik olimlari tomonidan Kat-qalʼa yodgorligida olib borilayotgan tadqiqotlarni borib koʼrdilar. Tashrif chogʼida yodgorlikdagi arxeologik tadqiqotlar jarayoni bilan bevosita tanishdilar va erishilgan natijalarning guvohi boʼldilar. Аsosiy tadqiqotlar Kat-qalʼaning gʼarbiy qismida olib borilib, mudofaa devorining tuzilishi, shaharning antik davr qatlamlari oʼrganilmoqda. Oʼz navbatida shaharning eng qadimiy qatlamlarini tadqiq qilish jarayoni davom etayotganligi qadimgi Xorazmda shaharsozlik madaniyatining shakllanish masalalarini yorituvchi yangi maʼlumotlarni taqdim qiladi. Tadqiqotlarda bir qancha noyob topilmalar ham aniqlangan boʼlib, Xorazm tarixining yangi sahifalarini ochib beradi.
Shu bilan birga Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi prof. I.I.Аbdullaev tadqiqotlarni olib borish uchun mavjud sharoitlarni koʼzdan kechirdi va tegishli tavsiyalarni berdi.
Shuningdek, Kat-qalʼa yodgorligi Xorazm viloyatida arxeologik turizmni rivojlantirish uchun muhim obʼektlardan biriga aylantirish kerakligini taklif qildilar. Bu borada mahalliy hokimiyat organlari, viloyat turizm soha vakillari va Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda loyihalar qilish yodgorlikning turizm istiqbollarini yanada kengaytiradi.