Xorazm Ma'mun akademiyasi

Tashrif

04-07-2023     So'nggi yangiliklar

Joriy yil 4-iyul kuni Xorazm Ma’mun akademiyasiga Innovatsion rivojlanish agentligi direktori To‘ychiyev Olimjon Alijonovich tashrif buyurdi. Avvalo, akademiyada olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, olimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, erishilgan yutuqlar hamda laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishgan Olimjon Alijonovich akademiya olimlari bilan suhbat jarayonida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilinayotgan xalqaro, qoʻshma va mahalliy grant loyihalari, start-up dasturlar, akademiya olimlarining loyihalardagi ishtiroki haqida toʻxtaldi. Grant mablagʻlari hisobiga akademiya zamonaviy moddiy-texnik bazasini shakllantirish ishlari tahsinga sazovor ekanligini alohida ta’kidlagan agentlik direktori grant loyihalari va start-up dasturlarini qoʻlga kiritish tartib-qoidalari haqida olimlarga zarur maslahatlar berdi. Tashrif chogʻida akademiya olimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga Olimjon Alijonovichdan javob oldilar.