Xorazm Ma'mun akademiyasi

Ilm-fanda hududlar rivoji yo’lidagi muhim hamkorlik

19-06-2023     So'nggi yangiliklar

Xorazm Ma’mun akademiyasida bōlib ōtgan FA hududiy bo’limlarning anjumani doirasida bir qator hamkorlik loyihalari ham boshlandi. Aslida bu kabi ilmiy anjumanlarning bosh maqsadi olimlarning fikr almashishi, yangiliklar bilan tanishishlari va albatta ilmiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat. Anjuman doirasida Fanlar akademiyasining Qoraqalpog’iston Tabiiy fanlar va Navoiy bo’limlari o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelgusi faoliyat, rivojlanish yo’lida hamkorlik qilish uchun ilk qadam qo’yildi. Ikki hududiy bo’limlarning hamkorligi  ilm-fan yuksalishiga xizmat qilsin!