Xorazm Ma'mun akademiyasi

Fanlar akademiyasi 80 yoshda

19-05-2023     So'nggi yangiliklar

18-19 may kunlari Xorazm Ma’mun akademiyasida O’zbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligiga bag’ishlangan Xorazm Ma’mun akademiyasi, Qoraqalpog’iston va Navoiy hududiy bo’limlarining anjumani va ilmiy ishlanmalar ko’rgazmasi bo'lib o'tdi. Unda Fanlar akademiyasining hududiy bo’limlari va ularda amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi, kelgusi rejalar tuzildi. Hududiy bo’limlarning hamkorlik loyihalari rivojlanishi uchun muhim masalalar ko’rib chiqildi.